29-mart kuni "O‘zbekiston" xalqaro anjumanlar saroyida virtuoz pianinochi Denis Matsuyev va xalqaro jaz kvartetining konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi ostida "Yangi ismlar" (Rossiya) jamg‘armasi bilan birgalikda Denis Matsuyev maktabining o‘qituvchilari Toshkentdagi uchta musiqa muassasasi ta’lim oluvchilari uchun mahorat darslarini o‘tkazadilar.

Denis Matsuyev - Rossiya xalq artisti, Moskva davlat universitetining faxriy professori, Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat bo‘yicha kengash raisi. Musiqachi ko‘plab xalqaro mukofotlar shu jumladan nufuzli Dmitriy Shostakovich mukofoti sovrindori.