3 dekabr - Xalqaro imkoniyati cheklangan shaxslar kuni.

3 dekabr Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi Zamonaviy san'at markazi bilan birgalikda Toshkent shahridagi kasbga yo'naltirilgan 25-ixtisoslashtirilgan maktabda alohida ehtiyojli bolalar uchun mahorat darslari o'tkazdi va badiiy to'plamlarni taqdim etdi.

Zamonaviy san'at markazi mediatorlari tomonidan bolalar uchun haykaltaroshlik bo'yicha mahorat darslari o'tkazildi.