Joriy yilning 31-mart kuni "O‘zbekiston" Xalqaro anjumanlar saroyida ilk marotaba pianinochi va bastakor Kirill Rihterning konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.

Toshkentdagi dastur Alyona Zinovyeva (skripkachi) va Avgust Krepak (violonchel ustasi) bilan birgalikda ijro etiladi.

Rihter - rus minimalizmining vakili. Uning portfoliosida fortepiano, kichik ansambllar va simfonik orkestrlar uchun asarlar, mualliflik filmlari uchun musiqa, fantastik blokbasterlar va zamonaviy xoreografiya spektakllari mavjud. U Gamburgdagi Reeperbahn, Braytonda The Great Escape, Rotterdamda Classical:Next kabi festivallarda Rossiya vakili sifatida ishtirok etgan. Uning musiqasi Royal Albert Hall, Volksbuhne, Elbphilharmonie kabi mashhur sahnalarda yangragan.