Xalqaro muzeylar kuni

18 may kuni butun dunyo Xalqaro muzeylar kunini nishonlaydi, ushbu sana 1977 yilda ICOM (International Council of Museums — Международный совет музеев) Xalqaro muzeylar kengashi tomonidan tashkil etilgan. Bu yil, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi ko‘magida Google Art & Culture onlayn platformasida O‘zbekiston madaniyatiga bag‘ishlangan uchta yangi to‘plam namoyish etiladi.

Birinchi to‘plamda har bir tashrif buyuruvchi unutilmas peyzajlar bilan, shuningdek, Yaffa Assulin va Laziz Xamanining “O‘zbekiston. Samarqandga yo‘l” kitobini nashr etishga ilhomlantirgan yurtimizning tarixi va arxitektura yodgorliklari bilan yaqindan tanishishi mumkin. Mualliflar mamlakatimizning eng chekka hududlariga tashrif buyurib, tarix bilan yuzma-yuz kelishdi hamda amaliy va ijrochilik san'atining ustalari tomonidan yaratilgan asarlarni tomosha qilishdi. Natijada safar taassurotlari oxir-oqibat “O‘zbekiston. Samarqandga yo‘l” kitobi sahifalarida o‘z aksini topdi.

Ikkinchi to‘plam Luvr muzeyidagi “Buyuk Ipak yo‘lidagi sivilizasiya va madaniyatlar” ko‘rgazmasida O‘zbekistonning madaniy merosini namoyish etadigan eng qadimiy asarlar haqida hikoya qiladi. Unda tomoshabinlarga Varaxsha saroyidagi devoriy suratlar, fresaklarning parchalari, Fayoztepadagi rohiblar Budda haykali, qadimiy muqaddas Qur'on Usmon ko‘lyozmasi va jahonning madaniy merosiga kiruvchi O‘zbekistonning boshqa muhim eksponatlari namoyish etiladi.

So‘ngi, uchinchi to‘plamda Markaziy Osiyodagi eng yirik muzeylaridan biri - O‘zbekiston davlat san'at muzeyi tarixi nashr etiladi. Muzeyning yaratilish tarixi va arxiv fotosuratlari tomoshabinga muzey ochilishidan beri me'morchilik va ko‘rgazma maydonining boshidan kechirgan ajoyib metamorfozalarni namoyish etadi. Shu bilan birga, mazkur to‘plamda yapon me'mori Tadao Ando tomonidan ishlab chiqilgan muzey me'morchiligining yangilangan konsepsiyasining taqdimoti mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Google Arts & Culture onlayn platformasi jahon madaniyati va san'atini sohasida O‘zbekiston madaniyati va san'atini targ‘ib qilishda Jamg‘armaning hamkoriga aylanib ulgurgan. Hozirga qadar ushbu platformada I.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat san'at muzeyi, Oybek uy-muzeyi hamda Toshkentdagi Zamonaviy san'at markazida Saodat Ismailovaning "Qirq qiz" ko‘rgazmasining ochilishi marosimi o‘rin olgan.

Fotosuratlar