Denis Matsuyevning "Yangi ismlar" deb nomlangan xayriya jamgʻarmasi hamda Moskvadagi yetakchi madaniyat va sanʼat taʼlim muassasalarining eng yaxshi oʻqituvchilari boshchiligida tanlov va mahorat darslarini oʻtkazdik!

Boʻlib oʻtgan tanlovlarning natijalariga koʻra toʻrtta eng yaxshi musiqachilar aniqlandi, ulardan ikki nafari - Javoxir Soliyev va Yegor Novikov stipendiya sovrindorlari boʻlishdi. Yana ikkisi - Baxtiyorov Sherzod va Samira Axadovalar esa Suzdal shahridagi yozgi musiqa oromgohiga yoʻllanmani qoʻlga kiritadilar. Tanlovda poytaxtning barcha hududlaridan tanlab olingan 20 ta eng iqtidorli o‘quvchi talaba ishtirok etdi.

Mahorat darslarida esa skripka, fortepiano va klarnet yoʻnalishlari boʻyicha har birida oʻn nafardan jami 30 nafar o‘quvchi talaba ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻldi.

Oʻtkazilgan tanlov va mahorat darslari uchun ustozlar: Dariya Ryabova, Zaure Jarova va Mixail Beznosovga va "Yangi ismlar" xayriya jamgʻarmasi Vitse-prezidenti Aleksandr Petrosyanga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz hamda hamkorligimiz davom etishini tilab qolamiz!