Autizmga chalingan bolalar uchun ijodiy studiya dizayn loyihasini yaratish boʻyicha "Ochiq tanlov" gʻolibini eʼlon qilishdan mamnunmiz.

Toshkent arxitektura-qurilish instituti bitiruvchisi Taxmina Turdialiyevani tabriklaymiz. Taxmina Xitoyning Huazhong Fan va Texnologiya Universitetida magistr darajasiga ega, Italiyadagi YAC akademiyasida tahsil olgan va National Geographic va Devid Chipperfild meʼmoriy byurosi kabi tashkilotlar bilan hamkorlik qilgan.

Loyihaning taxminiy koʻrinishini rasmlarda koʻrishingiz mumkin.
Studiya Samarqand xayriya yarimmarafonining natijasiga aylanadi.

Yangiliklarni kuzatib boring!