Grant dasturida ishtirok etish uchun arizalarni qabuli

O‘qish vaqti: 4 min.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar uchun grant dasturida ishtirok etish uchun hujjatlarni qabul qilishni boshlamoqda. Tanlov natijalariga ko‘ra o‘zlari tanlagan oliy o‘quv yurtda bir o‘quv yilida o‘qish uchun grantga ega bo‘ladigan g‘oliblar aniqlanadi.

Tanlovda ham bakalavr, ham magistratura talabalari ishtirok etishlari mumkin. Grant da’vogarlari uchun ustuvor yo‘nalishlar:

·         Boshqaruv

·         Qayta tiklash va konservatsiya

·         Me’morchilik

·         Madaniy turizm

·         Grafik dizayn

·         Tasviriy san’at

·         Muzeyshunoslik

·         Raqs san’ati

·         Boshqaruv

Tanlov bosqichlari:

1. Birinchi bosqichda talabalar 2022-yil 30-sentabrga qadar grant dasturiga tanlovda ishtirok etish uchun ariza topshirishlari lozim. Buni havola orqali amalga oshirish mumkin. Arizani to‘ldirish va unga hamroh hujjatlarni taqdim etishga doir barcha bandlar majburiydir. Jamg‘arma tomonidan belgilangan tanlovda ishtirok etish uchun shaxsiy ariza namunasi bilan quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin: ariza (o‘zbek tilida) yoki ariza (rus tilida).

2. Tanlovning ikkinchi bosqichiga o‘tgan nomzodlar 2022-yil 5-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi binosida bo‘lib o‘tadigan shaxsan yuzma-yuz suhbatga taklif etiladilar.

Nomzodni tanlash mezonlari:

·         akademik o‘zlashtirish;

·         ilmiy va tadqiqot ishlari;

·         umumiy dunyoqarash;

·         tahliliy qobiliyat;

·         tashkilotchilik qobiliyati;

·         rivojlanish uchun motivatsiya;

·         ijtimoiy faollik;

·         tanlagan ixtisoslikning ahamiyati va afzalliklari hamda uning mamlakat madaniyati va san’ati sohalarini rivojlantirishdagi o‘rnini anglash.

Nomzodlar uchun umumiy shartlar:

·         Tanlov ishtirokchisi ariza topshirish vaqtida O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurti talabasi bo‘lishi shart;

·         1-bosqich bakalavriat talabalari tanlovda qatnasha olmaydilar;

·         Tanlov ishtirokchilari bir vaqtning o‘zida bir necha grant dasturlari g‘olibi bo‘la olmaydilar;

·         Avvalgi yillardagi grant dasturi g‘oliblari dasturda takroran qatnasha olmaydilar;

·         Nomzod taqdim etgan hujjatlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar aniqlangan taqdirda, Jamg‘arma tanlov natijalarini uning istalgan bosqichida bekor qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi;

·         Grant dasturi g‘oliblari Jamg‘arma bilan hamkorlik qiladilar va butun o‘qish davomida Jamg‘arma tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarga ko‘ngilli sifatida jalb etilishlari mumkin;

·         Grant dasturi g‘olibi tegishli ta’lim darajasini (bakalavr/magistr) olganidan so‘ng uch oy muddatda madaniyat va san’at sohasidagi muassasalarga Jamg‘arma stipendiya qo‘mitasining qaroriga binoan ishga joylashtiriladi. Ishlash muddati: kamida bir yil.

Tanlovning umumiy jadvali:

·         30.09.2022 gacha — arizalarni qabul qilish

·         10.10.2022 gacha — birinchi bosqich talabnomalarini ko‘rib chiqish

·         13.10.2022 — birinchi bosqich natijalarini e’lon qilish

·         18.10.2022 — suhbat

·         21.10.2022 — tanlov natijalarini sarhisob qilish

·         24.10.2022 — g‘oliblarni e’lon qilish

Tanlov natijalari e’lon qilingandan so‘ng 10 ish kuni ichida g‘oliblar bilan shartnoma tuziladi. Yillik shartnoma qiymatiga teng grant 2022-yilning 10-noyabriga qadar stipendiya sohibi tahsil olayotgan universitetning hisob raqamiga o‘tkaziladi.