Samarkand Half Marathon - sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va madaniyat obyektlarida inklyuziv muhitni yaratishga qaratilgan Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi tomonidan tashkil etilgan yillik xayriya tadbiridir.

TANLASH ERKINLIGI

Bu yil biz ishtirok uchun yangi imkoniyatlar yaratdik. Birinchidan, aniq belgilangan masofalar bo'lmaydi. Har bir ishtirokchi 1 km dan 50 km gacha bo'lgan oralig’idagi istagan masofani bosib o'tishi mumkin. Ikkinchidan, dasturga - Skandinavcha yurish - deb nomlangan yangi bo’lim qo'shildi. Uchinchidan, 12 yoshgacha bo'lgan bolalar alohida bolalar yugurishida ishtirok etishlari mumkin. Shuningdek, shaharlar va klublar o'rtasida musobaqalar tashkil qilamiz – ishtirokchilarning masofalarini qo'shgan holda, eng yaxshi yugurish klubi va dunyoning eng yaxshi "yuguradigan" shaharlarini aniqlaymiz.