YUNESKO bosh qarorgohi “Lazgi” balet postanovkasini oʻz shafeligi ostida oʻtkazish huquqini berdi!

YUNESKO ning nomoddiy madaniy merosini muhofaza qilish boʻyicha hukumatlararo qoʻmitasi 2019-yil 12-dekabrda “Xorazm lazgi raqsi”ni Insoniyatning nomoddiy madaniy merosining reprezentativ roʻyxatiga kiritgan edi.

Ushbu raqsga bagʻishlangan balet spektaklining namoyishi Oʻzbekistonning milliy raqs an’analarini xalqaro madaniy maydonda keng targ’ib qilishga xizmat qiladi. Spektakl xoreografi Berlin milliy opera balet maktabining bitiruvchisi Raul Raymondo Rebek hisoblanadi.

Balet spektakli A.Navoiy nomidagi DAKT ning doimiy repertuariga ham kiritiladi. 4 sentabr kuni shu joyda Lazgi spektaklining premyerasi boʻlib oʻtadi.