Tez orada Oʻzbekiston Rossiya Xalq artisti maestro Vladimir Spivakov boshchiligidagi Rossiyaning Milliy filarmoniya orkestrini kutib oladi.

Xayriya konsertlari 23 va 25 may kunlari Toshkent va Samarqand shahrida boʻlib oʻtadi. Ushbu tadbirlar uchun maxsus: Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri va Registon boʻlmish ikki soʻlim maskanni tanladik.

Alisher Usmonovning "Sanʼat, fan va sport" jamgʻarmasi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi bilan birgalikda musiqiy taʼlim muassasalarining iqtidorli talabalari uchun konsert dasturlarini tashkil etadi. Shuningdek, oʻqituvchilar va madaniyat arboblari, inklyuziv resurs markazlari va nogironligi mavjud bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarning oʻquvchilarini taklif qilamiz.

Ekaterina Morozova va tenor sohibi Bexzod Davronov yuksak ijro mahorati bilan birgalikda tomoshabinlarda yorqin va toʻlaqonli sopranoga ega boʻlgan taassurot qoldirishlari aniq!

Ushbu tadbirlarni sabrsizlik ila kutib qolamiz!