Toshkentda zamonaviy rus va horijiy xoreografiya oqshomi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan
5-noyabr kuni soat 19:30 da Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida zamonaviy rus va xorijiy
xoreografiya kechasi tashkil etiladi.

Zamonaviy rus va xorijiy xoreografiya oqshomi dasturi doirasida oltita rus xoreografining asarlari namoyish etiladi. Bunda Anna Shekleina va Aleksandr Frolov, Ernest Nurgali, Konstantin Semyonov, Irina Kononovaning sahnalashtirish ishlarini ko‘rishimiz mumkin. Bu asarlar har yili kuzda Moskva va Sankt-Peterburg shaharlarida bo‘lib o‘tadigan Context. Diana Vishneva xalqaro zamonaviy xoreografiya festivali uchun maxsus yaratilgan  va festivalning Yosh xoreograflar tanlovining hakamlar hay’ati tomonidan turli yillarda yuqori baholangan. Dasturdan Maksim Petrovning “Rus berkko‘chalari-II” (Русские тупики-II) spektakli joy olgan, mazkur asari uchun xoreograf 2021-yilda “Oltin niqob” (Zolotaya maska) Milliy teatrlar mukofotiga sazovor bo‘lgan. Har bir spektakl o‘ziga xos uslub, texnika hamda makon, ovozlar va dekoratsiyalar bilan ishlash mahoratini o‘zida birlashtirgan yorqin xoreografiya talqiniga aylanadi.

Anna Shekleina va Aleksandr Frolov xoreograflari tomonidan ishlangan “Sinergiya” spektakli Pushkin nomidagi Davlat tasviriy san’at muzeyi maydonlarida “Harakatdagi qolip” (Imprint in motion) filmi uchun yaratilgan, so‘ngra rivojlanish jarayonida sahna maydoniga maxsus o‘tkazilgan. Ernest Nurgali tomonidan sahnalashtirilgan “Zarba” asari xoreografga 2020-yilda Context. Diana Vishneva festivalining Xoreograflar tanlovida g‘alaba keltirdi. Konstantin Semyonovning “Pagodalar” va Anna Shekleinaning “Ave ever” spektakllari mumtoz musiqalariga sahnalashtirilgan: Klod Debussi va Djulio Kachchini (Ave Maria) mos ravishta. Xoreograf Irina Kononovaning “Qora juma” (Chernaya pyatnitsa) asari 2018-yilgi Context. Diana Vishneva festivalida tomoshabinlar mukofoti sovrindori bo‘ldi.

Gollandiyalik xoreograf Xans van Manenning “Qariya va men” nomli ta’sirli duet asari tomoshabinlar uchun sovg‘a va oqshomni yakunlovchi alohida voqea bo‘ladi. Inson munosabatlarining nozikligi, umidsizlik, sevgi, quvonch, baxt va xayrlashuv haqidagi kompozitsiya sokin melanxoliyaga to‘yingan holda yetarli hayotiy tajribaga ega, professional yetuk ijrochilar uchun yaratilgan. “Qariya va men” duetidagi partiyalarni festival badiiy rahbari, Mariinskiy teatrining prima balerinasi Diana Vishnyova va XX asrning taniqli balet raqqosi, baletmeyster va xoreograf Vladimir Malaxov ijro etadi.

Taklif etilgan mehmonlar Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi va poytaxtning boshqa xoreografik ta’lim muassasalari talabalari bo‘ladi. Shuningdek, madaniyat xodimlari, o‘qituvchilar, inklyuziv resurs markazlariga chiptalar beriladi.

Barcha muxlisarni 5-noyabr kuni soat 19:30 da Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik Katta Teatrida kutib qolamiz.

Chiptalarni poytaxt kassalari va iticket.uz saytida harid qilishingiz mumkin.

Talabalar va pensionerlar uchun talabalik va pensionerlik guvohnomasini taqdim qilganda chiptalarga 30% chegirma amal qiladi.