Xalqaro jaz festivali doirasida dunyoga mashhur shved jaz xonandasi va vodevil artisti, xarizmatik Gunhild Karlingning chiqishi bo‘lib o‘tdi. Karling bir vaqtning o‘zida kuyladi, royal, trombon, volinka, lab garmoni va hatto uchta truba cholg‘ularida ham chaldi. Va yomg‘ir ham bu yorqin tomoshani to‘xtata olmadi!
Tomosha qanday kechganini foto lavhamizda ko‘ring!
Festival 13-maygacha davom etadi, boshqa konsertlarni o‘tkazib yubormang — kirish bepul!