Tashkent City Mall’da O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan “Savitskiy kundaliklari: qadimiy va navqiron” multimedia ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.
Ko‘rgazma rassom, san’at asarlari shinavandasi va Nukusdagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi asoschisi Igor Savitskiyning hayoti va badiiy merosiga bag‘ishlangan.
Aziza Izamova badiiy rahbarlik qilayotgan ko‘rgazma rangtasvir, musiqa, nurlar tarovati va harakatni birlashtirib, tashrif buyuruvchilarga XX asr Markaziy Osiyo san’atiga yangicha nazar tashlash, Savitskiyning betakror sara to‘plamlari bilan tanishish va badiiy an’analar bilan zamonaviylik o‘rtasidagi bog‘liqlikni ilg‘ashga taklif etadi.
Ko‘rgazma 2027-yil 24-yanvarga qadar tashrif buyuruvchilar uchun ochiq bo‘ladi.
Chiptalarni havola orqali mavjud.