Xalqaro jaz festivali doirasida arman pianinochisi va bastakori Tigran Amasyanning chiqishi bo‘lib o‘tdi. Musiqachi o‘zining benazir sadosi bilan toshkentlik tomoshabinlarni maftun etdi — jaz improvizatsiyasi, progressiv rok va qadimiy arman kuylari butunlay o‘zgacha tarzda uyg‘unlashib ketdi. Kecha jarayonini foto lavhamizda tomosha qiling! 

Festival 13-maygacha davom etadi, boshqa konsertlarni o‘tkazib yubormang — kirish bepul!