“O‘rik gullaganda” ko‘rgazmasi bilan bir vaqtda, O‘zbekiston madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Breradagi “Chitterio” saroyida 2026-yilgi Milan dizayn haftaligi doirasida mazmunga boy jamoatchilik dasturini taqdim etadi. Ushbu dastur 7 kun davomida yetakchi dizaynerlar, me’morlar, kinoijodkorlar, tadqiqotchilar va mohirusta hunarmandlarni turkum ma’ruzalar, amaliy mahorat darslari va sayrlar uchun birlashtiradi. Har bir tadbir bevosita muloqot va jonli ijod orqali ko‘rgazmaning hunarmandchilik merosi, ekologik inqiroz, moddiy madaniyat va zamonaviy dizayn kabi mavzularini terantadqiq etadi.
Barcha tadbirlarga kirish bepul va hamma uchun ochiq!
Joylar soni cheklangan, oldindan ro‘yxatdan o‘tish shart.
Davra suhbatlari
Har kuni, 12:00–13:00 · Bog‘dagi pavilion, “Palazzo Citterio” · 11:45 gacha yetib keling.
Ma’ruza chiptasi bilan ko‘rgazmaga tashrif buyurish mumkin.
Dizayndagi madaniy istiqbollar
20-aprel, dushanba
Ko‘rgazma uchun novvoylik mahsulotlarini yaratgan dizaynerlar turli xil ashyolar tillari, madaniy eslatmalar va pishirish an’analari zamonaviy dizaynda qanday yangi shakl kasb etishini o‘rganadilar. Notiqlar: Nifemi Markus-Bello (“nmbello Studio”), Yael Mer va Shay Alkalay (“Raw Edges”), Bobir Klichev (“ARC Architects”) va Sanne Visser (“Studio Sanne Visser”). Moderator: Sara Medford, “WSJ Magazine” jurnalining kolumnist muharriri.
Bu yerda ro'yhatdan o'ting
Biomintaqa mo‘ljallangan dizaynlash
21-aprel, seshanba
Amaliyotchilar va tadqiqotchilar oziq-ovqat tizimlaridan tortib suv xavfsizligigacha bo‘lgan biomintaqa miqyosida dizayn, me’morchilik va ekologik tafakkur qanday amal qilishi mumkinligini muhokama qiladilar. Ma’ruzachilar: Yan Bolen (Orol maktabi), Sara van Gameren (“Glithero”), Fernando Laposse va Elena Kan (“KIVA Center”). Moderator: Zaha Hadid jamg‘armasi direktori Arik Chen.
Bu yerda ro'yhatdan o'ting
Avlodlar osha hunarmandchilik an’analarini saqlash
22-aprel, chorshanba
Meros qilib orttirilgan ko‘nikmalar, moddiy bilimlar va infratuzilmani yaratish zamonaviy dunyoda qanday qo‘llab-quvvatlanishi, moslashtirilishi va avlodlardan-avlodlarga berilishi haqida davra suhbati. Ma’ruzachilar: Marcin Rusak (“Marcin Rusak Studio”), Didi Ng Ving Yin, Sevara Haydarova Donazzan (“DOT Design Studio”) va Lucile Barbier (“Studio CoPain”). Moderator: Corinne Julius, hunarmandchilik va dizaynga ixtisoslashgan jurnalist va san’at muhofizi.
Bu yerda ro'yhatdan o'ting
Kelajak madaniyati uchun dizaynlash
23-aprel, payshanba
Me’morlar, dizaynerlar va madaniyat arboblari texnologiyalar shakllanayotgan davrda madaniy infratuzilma, jamoat joylari va fuqarolik hayotining yangi tushunchalarini o‘rganadilar. Ma’ruzachilar: Shirin Bryukner (“Atelier Brückner”), Anastasia Sinistina (Orol madaniyat sammiti) va Karlo Ratti (“Carlo Ratti Associati”). Moderator: dizayn bo‘yicha maslahatchi Siril Zammit.
Bu yerda ro'yhatdan o'ting
Orol dengizinij his etish
24-aprel, juma
Where the Water Ends filmining ilk namoyishiga bag‘ishlanib, ushbu davra suhbati Qoraqalpog‘istonning landshafti, tarixi va kundalik urf-odatlarini o‘rganish uchun suv, taomlar va arxeologiya haqidagi qarashlarni birlashtiradi. Ma’ruzachilar: Manuel Korrea va Marina Otero, arxeolog Oktyabr Dospanov (I.Savitskiy nomidagi Davlat san’at muzeyi) va Gulnora Joldasbayeva (Orol madaniyat sammiti). Moderator: san’at va moddiy madaniyatga ixtisoslashgan jurnalist va muharrir Debika Rey.
Bu yerda ro'yhatdan o'ting
Mahorat darslari
Har kuni, 15:00–17:00 · Bog‘dagi pavilion, “Palazzo Citterio” · 14:45 gacha yetib keling.
Mahorat darsi chiptasi bilan ko‘rgazmaga tashrif buyurish mumkin. Ishtirokchilar 16 yoshdan katta bo‘lishlari shart.
Non qoliplaridan foydalanish
20-aprel, dushanba – 23-aprel, payshanba
O‘zingiz uchun “chekich”ni kashf eting – butun O‘zbekiston bo‘ylab non xamiriga o‘ziga xos mintaqalarga xos naqshlarni tushirish uchun qo‘llaniladigan mohirona o‘yilgan qoliplar. O‘zbekistonlik hunarmandlar va tashrif buyuruvchi dizaynerlar tomonidan o‘tkaziladigan ushbu amaliy mahorat darsi ishtirokchilarni O‘zbekistonning eng betakror hunarmandchilik namunalaridan biriga asos bo‘lgan masalliq, ramz va uslublarni kashf etishga taklif qiladi. Mahorat darsi inglizcha og‘zaki tarjima bilan o‘tkaziladi..
Bu yerda ro'yhatdan o'ting
Popuklar yasash
23-aprel, payshanba – 26-aprel, yakshanba
Qoraqalpoq moddiy madaniyatiga singib ketgan bezak an’anasi – kiyim-kechak va uy-ro‘zg‘or buyumlaridan tortib, o‘tovlarni bezashgacha bo‘lgan popuk yasash san’ati sabog‘idan bahramand bo‘lish. Ishtirokchilar o‘zbekistonlik hunarmandlar va tashrif buyuruvchi dizaynerlar boshchiligida ushbu noyob buyumlarning ashyosi, uslubi va ahamiyati bilan tanishadilar. Mahorat darsi inglizcha og‘zaki tarjima bilan o‘tkaziladi.
Bu yerda ro'yhatdan o'ting
Gid hamrohligidagi sayrlar
Har kuni 10:00 va 16:00 da · Uchrashuv joyi: “Palazzo Citterio” hovlisi · Davomiyligi: 45 daqiqa.
Ko‘rgazma bo‘ylab gid hamrohligida sayr
20-aprel, dushanba – 26-aprel, yakshanba
“O‘rik gullaganda” bo‘ylab ekskursiya davrasiga ko‘rgazmada taqdim etilgan mavzular, loyiha va tadqiqotlar bilan batafsil tanishish uchun qo‘shiling. Sayr Orolbo‘yi mintaqasi tarixida hunarmandchilik, dizayn va ekologiyaning uzviy bog‘liqligi haqida hikoya qilib, eksponat, qurilma va hamkorlik samarasi xususida ma’lumot beradi. Sayrlar hafta davomida kuniga ikki marta inglizchada o‘tkaziladi.
Bu yerda ro'yhatdan o'ting
Barcha tadbirlar bepul bo‘lib, Via Brera, 12, Milandagi “Palazzo Citterio”da o‘tkaziladi.
Ko‘rgazma dushanba kuni soat 11:00 dan 18:00 gacha va seshanbadan yakshanbagacha soat 10:00 dan 18:00 gacha muxlislarga muntazir.
Ma’ruzalar, mahorat darslari va ekskursiyalar uchun joylar soni cheklangan – joylarni oldindan band qilishni tavsiya etamiz
Ko‘rgazma haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun shu sahifaga tashrif buyuring