2024-yilda “Samarkand Marathon” xalqaro xayriya yugurish musobaqalari turkumiga 5 yil to‘ladi. Bu yilgi birinchi tadbir “ZAAMIN ULTRA 2024” xalqaro ultramarafoni bo‘ladi.
 
“ZAAMIN ULTRA 2024” Zomin milliy tabiat bog‘ida bo‘lib o‘tadi va barcha ishtirokchilar uchun unutilmas taassurotlarni taqdim etadi. Yugurish yo‘lagi dengiz sathidan 2200–2500 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, bu 6 ta Toshkent teleminorasiga teng.
 
– Bu yil biz “Samarkand Marathon” turkumiga mansub xalqaro xayriya yugurish musobaqalarining besh yilligini nishonlaymiz. Unga asos solinganidan buyon biz o‘z tadbirlarimizni O‘zbekistonda butun dunyodan tashrif buyuruvchi ishtirokchilarni birlashtiruvchi sport, madaniyat va san’atga bag‘ishlangan shodiyona sifatida targ‘ib etamiz. Biz butun turkumni rivojlantirib borib, tadbirlarni yanada keng miqyosliroq va qiziqarliroq uyushtirishga, ishtirokchilarning yangi qatlami, shu jumladan, respublikaning barcha hududlaridagi yoshlarni jalb etish ustida muntazam ravishda ishlab kelmoqdamiz”, – Gayane Umerova, O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi.
 
Festival ishtirokchilari va mehmonlarini:
•       Zomin milliy bog‘ining betakror tog‘li yo‘lagi va hayratlanarli manzaralari;
•       Butun oila a’zolari uchun ko‘ngilochar tadbirlar: qoyaga ko‘tarilish, Suffa platosiga qaragan manzarada havo sharida sayr;
•       Poyga arafasidagi oqshomda elektron musiqasidan iborat konsert kutmoqda.
•       Shuningdek, bu yil barcha xayriya yugurish musobaqalari uchun an’anaga aylanuvchi yangi ekologik “plogging” (shvedchadan “plocka upp & jogga” – yugurish asnosida chiqindilarni to‘plash)  tashabbusi joriy etiladi. Ishtirokchilar ikki kunlik festivalni birgalikda yugurish va chiqindilardan tozalash hashari bilan yakunlanadi. Mazkur tashabbus tabiat bog‘ini yagona maqsad sari birlashish va tabiat bog‘ini uning asl qiyofasida saqlashga xizmat qiladi.
 
Poyga masofalari:
 
50K – ushbu yo‘lakda ko‘z o‘ngingizda butun tog‘ tizmasi namoyon bo‘lib, Turkiston va Molguzar tog‘ tizmalari nigohingizni qamashtiradi. Yugurish yo‘lagining eng baland nuqtasi dengiz sathidan 2500 metrni tashkil etadi. Balandlikka ko‘tarilish – 1535 metr.
21K – yarim marafonchilar jami 635 metr balandlik tafovuti bilan o‘zlarini 21 km.lik masofada mardonavor sinab ko‘rishlari mumkin. Yugurish yo‘lagida ishtirokchilar barcha uch irmoq – Kattashir, Qizilmozor va Obiko‘l bo‘ylab yuguradilar.
10K – ishtirokchilar Qizilmozor tog‘ soyi va Cho‘rtangi darasi yon-bag‘ri manzarasi namoyon bo‘ladigan kuzatuv maydonchasigacha yugurib boradilar. Marraga yorqin taassurotlar bilan yetib borish uchun balandlikka ko‘tarilishlar oxirgi kilometrlarga olib qo‘yilgan. Balandlikka ko‘tarilish – 370 metr.
2K – ushbu qisqa masofa tog‘ poygalari bilan tanishishni endigina boshlagan havaskor chopqirlar uchun ayni muddaodir. Yugurish yo‘lagi start shaharchasi va Kattashir tog‘ soyining kaftdek ko‘rinishini ochib beradi.
1-iyun poyga arafasida “ZAAMIN ULTRA 2024” ultramarafonining mehmon va ishtirokchilari uchun elektron musiqadan iborat konsert dasturi namoyish etiladi. Ochiq sahnada minglab tomoshabinlar qarshisida mahalliy dijeylar chiqish qiladilar.
QARAQOOM o‘tgan yilning kashfiyotiga aylangan edi. Mazkur loyiha Markaziy Osiyo xalqlariga xos ohanglar va zamonaviy elektron musiqani organik haus’dan tortib ilg‘or haus va texno’gacha bo‘lgan janrlarini o‘zida mujassam etadi.
 
Guruhga 2020-yilda pandemiya avjiga chiqqan pallada asos solingan bo‘lib, Qoraqum cho‘li sharafiga atalgan. Shu tariqa ishtirokchilar Markaziy Osiyoning iqlimi, ko‘p asrlik tarixi, madaniyati va shu zaminda istiqomat qiluvchi xalqlarning an’analari bilan hamohang tushuncha ekanligini mustahkamlagan.
 
Jamoa “Cafe de Anatolia”, “Serum Records” va “Enormous Chills” ovoz yozish studiyalarining ijrochisi hisoblanadi.
 
Tashkilotchi: O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi.
 
Poyga bosh hamkorlari: Sport vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi.