2024-yil 1–2-iyun kunlari “ZAAMIN ULTRA 2024” xalqaro ultramarafoni bo‘lib o‘tdi. U O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkillashtirilgan “Samarkand Marathon” xayriya yugurish musobaqalari turkumiga debocha yasab berdi. Bu Zomin milliy bog‘idagi uchinchi poygadir.
 
Poygada 2,100 dan ortiq sportchi 20 ga yaqin mamlakatdan ishtirok etdi. Ular orasida AQSH, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Malayziya, Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya va boshqa davlatlar bor.
 
“ZAAMIN ULTRA 2024” yo‘lagi Zomin milliy tabiat bog‘i hududi bo‘ylab o‘tib,  50K, 21K, 10K va 2K.lik to‘rt masofani o‘z ichiga oldi.
 
50K masofada erkaklar o‘rtasida 04:12:35 natija bilan Nurziyad Begaliyev, ayollar o‘rtasida 05:56:05 natija bilan Olga Popova g‘olib bo‘lishdi.
21K masofada erkaklar o‘rtasida 01:35:53 natija bilan Artyom Sekachev, ayollar o‘rtasida 01:51:46 natija bilan Aleksandra Cherkas zafar quchishdi.
10K masofada erkaklar o‘rtasida 0:53:46 natija bilan Bekzod Pardayev, ayollar o‘rtasida 0:59:48 natija bilan Aleksandra Kuznetsova g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.
50K masofada bu yil rekord ham yangilandi: Nurziyad Begaliyev masofani o‘zidan avvalgi chopqirga nisbatan 12 daqiqa tezroq bosib o‘tdi. Mutlaq hisobdan tashqari yosh toifalari bo‘yicha ham g‘oliblar taqdirlandi.
 
Bu yil biz yana bir bor turli mamlakatlardan minglab kelgan sportchilarni birlashtirib, ularga orzularini roʻyobga chiqarish va dunyodagi eng qiziqarli baland togʻ yo‘laklaridan birida oʻz irodalarini sinab ko‘rish imkoniyatini berdik. Joriy etilgan yangi tamoyillar qatorida biz tabiatni, u mavjud bo‘lishi lozim bo‘lgan musaffo shaklda qoldirish muhim ekanligiga mas’uliyat bilan yondashib, turkum ekologik tashabbuslarni, jumladan, “plogging”, ya’ni plastik stakanchalardan voz kechish amaliyoti va boshqa tadbirlarni tashkil etdik. Barchani navbatdagi poygalarimizga qo‘shilishga taklif etamiz – iyun oyining oxirida Bo‘stonliq tumanida sport festivali bo‘lib o‘tadi, so‘ngra sevimli tadbirimiz Buxorodagi tungi poyga bo‘ladi, Samarqanddagi marafon an’anaviy ravsihda turkum musobaqalar mavsumini yakunlaydi”, — Mirxan Sagitov, “Samarkand Marathon” yugurish musobaqalari turkumi rahbari.
 
Tashkilotchilar tomonidan alohida e’tibor atrof-muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlariga qaratildi. Zominning betakror manzaralarini asrab-avaylash tashabbusi doirasida poyga yakunida “plogging” (qisqa masofalarga yugurish barobarida chiqindilarni to‘plash) tadbiri o‘tkazildi, shuningdek, bir martalik stakanchalardan foydalanmaslikka qaror qilindi.
 
Marra maydonida “ZAAMIN ULTRA 2024” ishtirokchilari uchun medallar topshirildi. Bu yil medallar dizaynida Zomin milliy bog‘ining betakror manzaralari aks ettirildi.
 
1-iyun poyga arafasida, “ZAAMIN ULTRA” ultramarafonining mehmonlari va ishtirokchilari uchun elektron musiqa konserti bo‘lib o‘tdi. Ochiq sahnada minglab tomoshabinlar qarshisida DJ Yõldosh chiqish qildi, oqshom ko‘rkiga esa ushbu maydonda ikkinchi bor ishtirok etayotgan “QARAQOOM” guruhi yanada ko‘rk bag‘ishladi.
 
“ZAAMIN ULTRA”ning uch yilligi sharafiga yopilish marosimi mushakbozlik bilan yakunlandi.
Tashkilotchi: O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi.
Musobaqaning bosh hamkorlari: Sport vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi.