Ko‘rgazmaga qo‘yilgan 17 ta ashyo orasida eng qadimiy Mus’haf qo‘lyozmalaridan biri hisoblanmish Katta Langar Qur’oni alohida diqqatga sazovordir. Yaqinda Luvr mutaxassislari tomonidan restavratsiya qilingan 13 ta sahifadan ikki varag‘i Jamg‘arma tomonidan tashkil etilgan Luvr muzeyidagi ko‘rgazmada ilk bor namoyish etilmoqda. Islom sanʼati biennalesida mazkur muborak Qurʼonning toʻrt sahifasi taqdim qilinib, ulardan ikkisi jamoatchilik e’tiboriga ilk marotaba havola etiladi.
Islom san’ati biyennalesi 2023-yilning 23-yanvaridan 23-apreliga qadar Canopy terminali manzilida bo‘lib o‘tadi.