2025-yil 19-martdan 28-aprelgacha Toshkentda har yili o‘tkaziladigan Xalqaro opera va balet festivali bo‘lib o‘tadi.


Muhtasham san’at bayrami dunyoning yetakchi xoreograf va rejissyorlarining betakror spektakllariga boy bo‘ladi. Nozik didli bilimdon tomoshabinlarni mumtoz va zamonaviy asarlar uyg‘unligi, yangi talqinlar hamda innovatsion yondashuvlar kutmoqda.


Festival dasturi:


19–20-mart: Maribor baleti / Edvard Klyugning “Klaster” xoreografiya kechasi 

3–5-aprel: B.Eyfman teatri / “Aka-uka Karamazovlar” (Boris Eyfman) 

9–10-aprel: Carolyn Carlson Company / “Og‘och” baleti (Karolin Karlson) 

12–13-aprel: Ural baleti / “Perro ertaklari” (Maksim Petrov, Konstantin Xlebnikov va Aleksandr Merkushev)

25–28-aprel: A.Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri / J.Offenbaxning “Gofman ertaklari” operasi (Stefano Poda) 


Manzil: Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri.


Xalqaro opera va balet festivali O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan o‘tkazilmoqda.


Biletlar iticket.uz’da: https://iticket.uz/events/cultural-events