27–28-fevral kunlari “Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi” baleti Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasiga yana bir bor o‘zgacha shukuh baxsh etib, sahnalashtirilgan tomoshaning maftunkor xoreografiyasi va teran ko‘tarinki kayfiyati tomoshabinlarda chuqur taassurot qoldirdi.
Gulduros qarsaklar, olqish va tasannolar hamda zavq va shavq muhiti... ushbu unutilmas tadbirning ishtirokchisiga aylanganingiz uchun tashakkur!