Samarqandda so‘nggi 40 yil ichida ilk bor Fransiya sarhadlaridan tashqarida o‘tkazilayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir “Silk Road Samarkand” kongress markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, YUNESKO Bosh direktori Odri Azule xonim va tashkilotga a’zo 194 mamlakat delegatsiyalari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Nufuzli anjumanning Samarqandda o‘tkazilayotgani O‘zbekistonning xalqaro madaniy hamkorlikni rivojlantirish va jahon merosini asrab-avaylashga qo‘shayotgan hissasining e’tirofidir.