Qadrli do‘stlar!
O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tinchlik va ozodlik yo‘lidagi jasoratlari chuqur ehtirom bilan sharaflanuvchi alohida sana — Xotira va qadrlash kunini nishonlaydi. Bugun biz matonati va mardonavorligi yangi avlodlar uchun ma’naviy mashʼala bo‘lib xizmat qiladigan qahramonlarimizni yod etamiz. Bu esa osoyishtalik va o‘zaro bahamjihatlikning qadr-qimmati xususida yana bir bor mushohada yuritish uchun imkoniyatdir.
Samimiy hurmat va yorqin xotiralar ila,
O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi
🖼 Lekim Ibragimov. “G‘alaba”. O‘zbekiston davlat san’at muzeyi