2025-yil 9-mart kuni O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi madadi bilan Toshkentdagi V.A. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining 85 yilligiga bag‘ishlangan mumtoz musiqa xayriya konserti bo‘lib o‘tadi.


Konsert ʻʻO‘zbekistonʼʼ xalqaro anjumanlar saroyida bo‘lib o‘tadi. Maktabning taniqli bitiruvchilari – pianinochi Behzod Abduraimov va dirijyor Aziz Shohakimov V.A. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining Yoshlar simfonik orkestri bilan chiqish qiladilar.


Ixtisoslashtirilgan musiqa ta’lim muassasalari o‘quvchilariga chiptalar bepul taqdim etiladi. Barcha xohlovchilar uchun chiptalar iticket.uz saytida mavjud.