Buxoro biyennalesi maydonlarida Islom san’ati biyennalesida ilk bor namoyish etilgan, “AlMusalla” mukofotining birinchi sovrindori bo‘lmish “To‘qish haqida” loyihasi namoyish etilmoqda.

Ushbu loyiha to‘qishni an’analar va zamonaviylikni birlashtirib, bunyodkorlik falsafasiga aylantiradi. Uning xurmo daraxti tolalaridan yasalgan tuzilmasi muloqot va barqaror kelajak ramzlarini anglatadi. Ushbu ajib makon o‘zlikni idrok etish, diydor-uchrashuvlar va ijodiyot uchun mushtarak dargoh sifatida mo‘ljallangan bo‘lib, turli talqinlar uchun ochiqdir.

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mazkur betakror loyihani Buxoroda namoyish etish imkoniyatini taqdim etganlari uchun Saudiya Arabistoni Madaniyat vaziri shahzoda Badr ibn Abdulloh ibn Farhon, “Diriyya” biyennalesi jamg‘armasi bosh direktori Aya Ol-Bakriy hamda shahzoda Navaf bin Ayyof raisligidagi hakamlar hay’ati a’zolariga chuqur minnatdorchilik izhor etadi!