1-sentabr kuni Samarqandning qoq markazidagi afsonaviy Registon maydonida noyob madaniy tadbir — italiyalik taniqli tenor Andrea Bochellining konserti bo‘lib o‘tdi!

Jahon miqyosidagi san’atkorning chiqishi madaniyatlar muloqoti va davrlar davomiyligining yorqin ramziga aylandi. Oqshom butun dunyo bo‘ylab millionlab kishilarning qalbini zabt etgan musiqa va YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan me’moriy merosni birlashtirdi!

Andrea Bochellining Registon maydonidagi konserti O‘zbekistonning madaniy salohiyati va xalqaro hamkorlikka ochiqligini ta’kidlovchi eng muhim loyihalardan biri sifatida tarixga kiradi!