Sankt-Peterburgdagi Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha xalqaro konferensiya doirasida “Madaniy kun tartibi ufqlarini kengaytirib: mahalliy tashabbuslardan xalqaro maydonlarga” mavzusida bahs-munozara bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi taklifiga binoan Toshkentdagi “Sublimation” platformasi hammuassisi va bosh prodyuseri Madina Ishmuradova so‘zga chiqib, musiqiy sahnani rivojlantirish va mahalliy madaniy merosni anglashga qaratilgan loyihalarini taqdim etdi.

Madinaning ishtiroki O‘zbekiston ijodkor hamjamiyatiga mansub yosh vakillarning xalqaro kreativ sanoati kun tartibiga qo‘shayotgan hissasining yorqin namunasi bo‘ldi.