3–5-aprel kunlari Toshkentdagi Xalqaro opera va balet festivali dasturida Boris Eyfmanning “Aka-uka Karamazovlar” baleti namoyish etiladi.
Ushbu asarning sahnalashtirilishi F.M. Dostoyevskiy qalamiga mansub “Aka-uka Karamazovlar” romanining yangi ravon mutolaasiga aylangan. O‘zining butun dunyo e’tirofiga sazovor bo‘lgan 1995-yilgi spektakliga 2013-yilda tubdan qayta sayqal bergan Boris Eyfman shaxsiy kechinmalar va aql-zako jihatdan mazmunga yanada boy balet dramasini yaratgan.
S.V. Rahmaninov, R.Vagner va M.P. Mussorgskiylarning musiqa sadolari ostida Boris Eyfman barchani dahriylik va e’tiqod, insonning osiy tabiati hamda ma’naviy najot masalalari xususida mushohada yuritishga chorlab qoladi.