Unutilmas taassurotlar!
Black Coffee Xivada — tarixga kirgan oqshom.

Uning afsonaviy taronalari sadosi ostida ko‘hna shahar ochiq osmon ostidagi bir katta sahnaga aylandi. Musiqa sehri, chiroqlar jilosi va Xiva muhiti — bularning barchasi bir tomoshaga jamlandi.

“Arda Xiva” sayyohlik majmuasi jo‘shqinlik va ilhom manbaining jozibador markaziga aylandi.

Black Coffee O‘zbekistonga jahon darajasidagi haqiqiy elektron musiqa bayramini taqdim etdi!