1-sentabr kuni Samarqandni kuzning eng yorqin voqealaridan biri Andrea Bochellining Registon maydonidagi katta konserti kutmoqda! Zamonamizning buyuk ovoz sohibi ilk bor dunyoning eng go‘zal sahnalaridan birida chiqish qiladi.

Ushbu kechada Bochelli, maxsus mehmon — Aida Garifullina, O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri va xor jamoalari ijrosida jahon mumtoz musiqasining eng sara asarlari va mashhur qo‘shiqlari yangraydi.

Tashkilotchilar: Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi. Bosh homiylar: “Milliy bank” AJ va “O‘zsanoatqurilishbank” ATB.

Chiptalar tez orada iticket.uz’da sotuvga chiqariladi.