“Buxoro biennalesi: Ipak yoʻli yuragidagi madaniy renessans”

Maftunkor o‘n hafta davomida Buxoro biennalesi ko‘hna Buxoro shahrida xalqaro miqyosda e’tirof etilgan 70 dan ortiq rassomlar, musiqachi, me’mor, shoir, usta hunarmand va dovrug‘li oshpazlarning betakror davrasiga mezbonlik qiladi. 

“Dardli qalblarga darmon” mavzusidagi ilk anjumanda Igshaan Adams, Karsten Holler, Chjon Kvan, Tavares Strachan, Saule Suleymenova, Aysultan Seitov hamda Jahongir Boboqulov, Munisa Xolxo‘jaeva, Daniyar Davidov, Zilola Saidova va Jenya Kim kabi o‘zbekistonlik san’at vakillari ishtirok etadilar.

Tadbir tashabbuskori O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova, san’at arbobi Diana Kempbell va me’morchilik bo‘yicha badiiy direktor Vael Al Avar bilan birgalikda biennale Buxoroni san’at, pazandachilik va madaniy kashf etishlarning mislsiz maydoniga aylantiradi. Shuningdek, u Buxoroning sinchiklab jilo berilgan tarixiy madrasalari, karvonsaroy va masjidlariga yangi hayot baxsh etgan holda meʼmoriy qayta anglashni o‘z ichiga oladi.

Bu sanani saqlab qo‘ying: 5-sentabr – 20-noyabr kunlari