Birinchi Buxoro zamonaviy san’ati biyennalesi rassomlar, hunarmandlar, dizaynerlar va tadqiqotchilarning hamkorlikdagi ijodiga yangi ma’no bag‘ishlamoqda. Har bir asar — xalqaro mualliflar va mahalliy mutaxassislar muloqotining mahsuli bo‘lib, unda an’analar zamonaviy san’at amaliyotlari bilan uyg‘unlashdi!
70 dan ortiq asar Buxoro tarixiy ansambllarini tirik makonga aylantirib, bunda san’at asarlari qadimiy devorlarga yangi ohang ato etdi.
Buxoro biyennalesi — ochiq muloqot maydoni bo‘lib, unda milliy meros jahon madaniy jarayoniga tabiiy ravishda uyg’unlashdi, O‘zbekiston esa o‘zini bunyodkorlik, hamkorlik va madaniy yetakchilik yo‘lidagi mamlakat sifatida yana bir bor tasdiqladi!