Qozog‘iston Milliy muzeyida “Choklardagi meros: Oʻzbekistonning kashtachilik va tikuvchilik anʼanalari bo‘ylab sayohat” ko‘rgazmasining ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Ekspozitsiyada XIX-XX asrlarga oid nodir buyumlar: zardo‘zi to‘nlar, kashta tikilgan so‘zanalar, milliy naqshlar tushirilgan erkaklar va ayollar do‘ppilari, bezakli yopinchiqlar va zargarlik buyumlari namoyish etilgan. Ishlar o‘zbek kashtachiligi uchun an’anaviy bo‘lgan "zamindo‘zi" va "guldo‘zi" usullarida bajarilgan.
Sizni 2025-yil 19-martdan 1-iyungacha Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan noyob “Choklardagi meros: Oʻzbekistonning kashtachilik va tikuvchilik anʼanalari bo‘ylab sayohat” ko‘rgazmasida kutib qolamiz.