CLUSTER: GABT sahnasida zamonaviy baletning unutilmas ikki oqshomi


19 va 20 mart kunlari A. Navoiy nomidagi GABT sahnasi plastika va musiqa o‘rtasidagi betakror muloqot maydoniga aylandi. Dunyo miqyosida mashhur xoreograf Edward Klug o‘zining turli yillarda yaratgan to‘rtta spektaklini o‘z ichiga olgan CLUSTER loyihasini taqdim etdi.


Britaniyalik Radiohead guruhi va sloveniya bastakori Milko Lazar musiqasi ostida tomoshabinlar chuqur ma’noli va hayratomuz sahna asariga guvoh bo‘lishdi, unda har bir harakat jonli metaforaga aylandi.


Bu unutilmas onlarni biz bilan baham ko‘rgan barchaga minnatdorlik bildiramiz.