1-sentabrga sanoqli kunlar qolmoqda — shu kuni Samarqand katta madaniy tadbir markaziga aylanadi. YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Registon maydonida italiyalik afsonaviy tenor Andrea Bochelli chiqish qiladi.

YUNESKO homiyligidagi ushbu betakror konsert kuz mavsumining bosh voqeasiga hamda jahon san’ati va O‘zbekistonning boy merosini birlashtiruvchi madaniyatlar muloqoti ramziga aylanishi kutilmoqda.

Chiptalar iticket.uz’da mavjud.

Shuni ma’lum qilamizki, mehmonlarga qulaylik yaratish maqsadida 31-avgust, 1- va 2-sentabr kunlari Toshkent — Samarqand — Toshkent yo‘nalishida “Afrosiyo” tezyurar poyezdining qo‘shimcha qatnovlari yo‘lga qo‘yilmoqda.