19-noyabr kuni Toshkentda Oʻzbekiston Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan tashkillashtirilgan jahonga mashhur pianinochi Lang Langning unutilmas konserti boʻlib oʻtdi. Maestroning chiqishi barcha mumtoz musiqa ixlosmandlari uchun haqiqiy bayramga aylandi.

Dasturda jahon klassikasi durdonalari, jumladan, Friderik Shopen, Iogan Sebastyan Bah va Sergey Rahmaninov asarlari yangrab, ularning har biri bemisl mahorat va oʻzgacha teranlik bilan ijro etildi.

Ushbu oqshom Toshkent madaniy hayotida muhim voqea boʻlib, mumtoz musiqa shinavandalari uchun yangi ufqlarni kashf etdi va san'atga boʻlgan qiziqishlarini mustahkamladi.