Beruniy nomidagi YUNESKO-O‘zbekiston mukofotiga arizalar qabuli tugashiga sanoqli kunlar qoldi, bu sun’iy idrok odob-axloqi tadqiqotlariga qo‘shiladigan hissa e’tirof etiluvchi birinchi xalqaro mukofotdir! Arizalar 2025-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.

Uch nafar sovrindor 30,000 AQSH dollari, medal va sertifikat sohibi bo‘ladi. Tantanali taqdirlash marosimi Samarqand shahrida YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi davomida bo‘lib o‘tadi.

Ishtirok etish uchun ariza so‘rovnomasini shu yerda (https://unesdoc.unesco.org/ark:/48223/pf0000393389?posInSet=1&queryId=0751ff7c-8154-469b-8d4e-74c85910e7c8) yuklab olib to‘ldirishingiz va quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin: beruniy.prize@unesco.org.