2026-yil 10-yanvar kuni “Dubai Opera” sahnasida rejissyor Stefano Poda tomonidan sahnalashtirilgan “Tamerlano” operasining xalqaro premyerasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan amalga oshirilgan tomosha Georg Fridrih Gendel qalamiga mansub barokko operasining zamonaviy sahnaviy talqinini asl asarning badiiy va musiqiy yaxlitligini saqlagan holda jo‘shqin dramaturgiyada taqdim etdi.


Gendel musiqasi Kirill Rihter talqinida yangrab, o‘zbek milliy cholg‘ulari sadolari bilan yanada boyitildi. Spektakl namoyishida Alibek Kabdurahmanov boshchiligidagi O‘zbekiston milliy simfonik orkestri, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xor jamoasi, Xalq cholg‘ulari orkestri va 160 dan ortiq san’atkor ishtirok etdi.

Asosiy pardani O‘zbekiston xalq artisti Jenisbek Piyazov ijro etdi. Shuningdek, sahnada ispaniyalik tenor Xuan Sancho, argentinalik soprano Veronika Kanhemi va aktrisa Yulduz Rajabova ham chiqish qildilar.