Milanda bo‘lib o‘tayotgan “Ertangi kun sanʼatiʼʼ xalqaro anjumani doirasida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova Markaziy Osiyoda shu miqyosdagi ilk xalqaro san’at tadbiri — Buxoro biennalesi taqdimotini oʻtkazdi.
Shoʻba bahs-munozarasida biennale sanʼat muhofizi Diana Kempbell va haykaltarosh Entoni Gormli ishtirok etdilar. Unda muhofizlik gʻoyasi, Buxoroning tarixiy va me’moriy hodisa sifatidagi o‘rni, shuningdek, o‘ziga xos yondashuv, yaʼni barcha asarlar O‘zbekistonda mahalliy ustalar bilan hamkorlikda yaratilayotgani muhokama etildi.
Biennale 2025-yil 5-sentabrdan 20-noyabrgacha bo‘lib o‘tadi va keng jamoatchilik uchun ochiq bo‘ladi. Bu uzoq muddatli madaniy dasturning debochasi bo‘lib, uning doirasida Buxoroda ta’lim va ko‘rgazma infratuzilmasiga ega yangi madaniyat oʻchogʻi shakllantirilmoqda.