Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha xalqaro konferensiya doirasida “Manej” markaziy ko‘rgazmalar zalida “Béton” markazi tomonidan tayyorlangan “Fotosuratlardagi kreativ texnologiyalar” nomli fotosan’at ko‘rgazmasi o‘z ishi boshladi.

Ekspozitsiya ijodkor yondashuvlar so‘nggi ikki yuz yil davomida — XIX asrga oid fotosuratlarni qo‘lda bo‘yashdan tortib to neyron tarmoqlardan foydalangan holda zamonaviy badiiy amaliyotlargacha qay tazrda o‘zgarib borgani ochib beriladi.

Yirik anjuman dasturining bir qismi bo‘lgan ko‘rgazma texnologiyalarning vizual san’at rivojidagi o‘rnini ta’kidlab, kreativ iqtisodiyot an’analar va innovatsiyalarni qanday uyg‘unlashtirishini namoyish etdi.