3-sentabr kuni Toshkentdagi Tasviriy san’at galereyasida o‘zbek rangtasvirchiligi asoschilaridan biri O‘rol Tansiqboyev tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan yubiley ko‘rgazmasining ochilishi bo‘lib o‘tdi!
Marosimda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova, Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Beybut Atamqulov hamda ko‘rgazma muhofizi Zelfira Tregulovalar ishtirok etdilar.
Ekspozitsiya O‘zbekiston va Qozog‘istonning eng yirik muzeylariga mansub 124 ta asarni jamlagan bo‘lib, ularning aksariyati keng jamoatchilikka ilk bora taqdim etilmoqda.
Ko‘rgazma san’at ixlosmandlari uchun 20-noyabrga qadar davom etadi.