Ilk bor rassomning turli davrlardagi asarlari: 1920-yillar oxiri – 1930-yillar boshiga oid dastlabki asarlaridan tortib to “iliqlik” davrining yirik mato suratlarigacha bir maskanda taqdim etiladi. Ko‘rgazma so‘nggi 40 yil ichida O‘rol Tansiqboyev ijodiga bag‘ishlangan birinchi namoyish bo‘ladi.
Oʻtkazish joyi: Almati shahri, Abilxon Qasteyev nomidagi Qozogʻiston Respublikasi Davlat san’at muzeyi, 2-qavat.
Sana: 2025-yil 19-martdan 1-iyungacha