Birlashgan Arab Amirliklariga tashrif doirasida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova boshchiligidagi delegatsiya Abu-Dabi Luvri muzeyi direktori Manuel Rabate bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot chog‘ida tomonlar bo‘lajak qo‘shma loyihalarni muhokama qilib, mushtarak ko‘rgazmalar, kasbiy almashinuv dasturlari va tadqiqot tashabbuslariga alohida e’tibor qaratdilar. Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari mamluklar davriga bag‘ishlangan ko‘rgazma bilan ham tanishdilar.