Xalqaro muzeylar kengashining Dubayda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro anjumani doirasida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova Dubay madaniyat va san’at ma’muriyati rahbari shayx Latifa bint Muhammad bin Rashid Ol Maktum Hazrati Oliyalari hamda Birlashgan Arab Amirliklari madaniyat sohasining yuqori martabali vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash, jumladan, muzeylarni boshqarish, an’anaviy hunarmandchilikni saqlash va targ‘ib etish bo‘yicha hamkorlik hamda san’at sohasida qo‘shma ta’lim loyihalarini muhokama qildilar.
