O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova Iordaniya Ta’lim vaziri, YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiya raisi Azmiy Mahafzax bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida tomonlar me’moriy yodgorliklarni saqlash va restavratsiya qilish sohasidagi hamkorlik istiqbollari, shuningdek, mozaika san’ati bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuvda madaniy muloqotni mustahkamlash, turizm almashinuvini rivojlantirish hamda ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, jumladan, ikki mamlakat talabalari uchun akademik dasturlarni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.