Dubayda bo‘lib o‘tgan Xalqaro muzeylar kengashining xalqaro anjumanida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova muzeylar kelajagi va ularni yuksaltirishda mahalliy shart-sharoit va hamjamiyatlarni jalb etishga e’tibor qaratgan holda yangi yondashuvlarni ishlab chiqish masalalariga bag‘ishlangan “Shartli meʼyorlarga chaqiriq tashlab: muzeylarni yangicha rivojlantirish” mavzusidagi shoʻba muhokamasida ishtirok etdi.
Munozaralar davomida ishtirokchilar geografik va madaniy meros, madaniyatlararo muloqot va bilim almashinuvining muhimligini ta’kidlab, zamonaviy san’at an’anaviy hunarmandchilik va shaharning kundalik hayoti bilan uyg‘unlashgan ilk Buxoro biyennalesini misol qilib keltirdilar. Shuningdek, muzokaralar transchegaraviy madaniy hikoyalarni yaratish, muzeylar va madaniyat muassasalari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini ham qamrab oldi.
