Istanbulda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova jadidchilik harakati yetakchilaridan biri, Buxoroning atoqli davlat arbobi Usmon Xo‘ja xonadoniga tashrif buyurdi.
Professor Temurxo‘ja Usmon Xo‘janing o‘g‘li 15 mingdan ortiq kitob va 100 dan ortiq arxiv materiallaridan iborat oilaviy kolleksiyani taqdim etdi. Jamg‘arma ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshlashi rejalashtirilayotgan Buxorodagi Jadidlar merosi davlat muzeyiga topshirish uchun uni kataloglashtirishni boshladi.
Uchrashuv davomida Temurxo‘ja o‘z oilasi tarixi bilan o‘rtoqlashdi va ekspozitsiyadan o‘rin oladigan qimmatli eksponatlar haqida hikoya qilib, muzeyning jadidlar merosini asrab-avaylash va tadqiq etish markazi sifatidagi ahamiyatini ta’kidladi.