London shahrida O‘zbekiston Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan London dizayn festivalining hamkorlik dasturi doirasida o‘zbek miniatyura san’ati bo‘yicha amaliy seminar taqdim etildi. Tadbir King’s Foundation School of Traditional Arts bilan hamkorlikda tashkil etilib, mashhur usta Kamoliddin Abdullayev rahbarligida o‘tkazildi.

Ishtirokchilar miniatyura san’ati tarixini, ya'ni o‘rta asrlar qo‘lyozma bezaklaridan tortib, zamonaviy ijodiy amaliyotigacha o‘rgandilar va Kamoliddin Abdullayev rahbarligida tempera hamda oltin suvi bilan o‘z asarlarini yaratdilar.

Mazkur seminar Jamg‘armaning O‘zbekistonning boy madaniy merosini asrab-avaylash va uni xalqaro madaniy almashinuv orqali dunyo bilan baham ko‘rish yo‘lidagi maqsadlarini yaqqol namoyon etdi.