Hurmatli ustozlar!

Sizlarni O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan tabriklaymiz! Sizning mehnatingiz shaxs va jamiyat ravnaqiga qo‘shiladigan bebaho hissa bo‘lib, sizning g‘ayrat-shijoatingiz va sabr-toqatingiz tolibi ilmlarga o‘z yo‘llarini topish hamda o‘z kuchlariga ishonishlariga yordam beradi.

O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi siz azizlarga farovonlik, ilhom, kasbiy zafarlar va har bir kuningiz uchun baxt-iqbol tilaydi. Shogirdlaringizning hurmat va e’tiroflari sizlar uchun eng adroqli mukofot bo‘lsin!