“Choklardagi meros: Oʻzbekistonning kashtachilik va tikuvchilik anʼanalari bo‘ylab sayohat”

19-mart – 1-iyun kunlari Qozog‘iston milliy muzeyida o‘zbek kashtachilik san’atiga bag‘ishlangan misli yo‘q ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi.

Namoyishga qo‘yilajak ashyo va buyumlar O‘zbekistonning avlodlardan-avlodlarga o‘tib kelayotgan mohir hunarmandchiligi, basavlat ko‘rki va ramziy ma’nolarini namoyish etgan holda boy kashtachilik an’analari tarixini kashf ettiradi. 


Ilk bor tashrif buyuruvchilar Markaziy Osiyoning madaniy merosi va san’atini o‘zida mujassam etgan noyob ijod namunalarini tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 


Davrlar va xalqlarni birlashtiruvchi an’anaviy san’at olamiga beixtiyor ravona bo‘ladigan mazkur jozibador sayohatni o‘tkazib yubormang!