2024-yil 1-sentabr kuni nufuzli “Homo Faber: Umr so‘qmoqlari” ko‘rgazmasi Venetsiyaning go‘zal San-Jorjo Majore orolida ochildi. Uzoq kutilgan mazkur tadbir Jorjo Chini jamg‘armasi, Kyolni hunarmandlik jamg‘armasi va Mikelanjelo jamg‘armasi hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, u 2024-yil 30-sentabrga qadar davom etadi. 70 dan ortiq mamlakatdan 800 dan ortiq yuksak didli hunarmandchilik durdonalarini o‘zida jamlagan buyilgi ko‘rgazma jahon hunarmandchiligini nishonlaydigan muhim tadbir bo‘ladi.

Ko‘rgazmaning ijodiy g‘oyasi taniqli rejissyor va prodyuser Luka Guadaninyo hamdame’mor Nikolo Rozmarini tomonidan yaratilgan. Ular “Umr so‘qmoqlari” mavzusidan ilhomlanib, o‘ziga xos g‘oya va ssenografiya yaratgan.

2023-yilda Homo Faber jamg‘armasi Buxoroda o‘tkazilgan “O‘zbekiston bo‘limi” nomliochib beruvchi tadbir doirasida ilk bor 11 nafar O‘zbekistonlik usta asarlarini onlayn qo‘llanmasiga kiritgan edi. Bu tadbir O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan.

2023-yil sentabr oyida O‘zbekistonlik yosh kulol Shohruh Rahimov Homo Faber Fellowship dasturining dastlabki ishtirokchilari safidan joy oldi. U yunonistonlik hamkasbi Janni Zoisbilan olti oy davomida birga ishlash uchun taklif etildi.

Homo Faber Venetsiya 2024 ko‘rgazmasida Jamg‘arma o‘zbekistonlik ustalar tomonidan yaratilgan 10 ta noyob asarni iftixor bilan namoyish etadi. Yuqorida zikr etilgan hunarmandlardan tashqari ushbu ko‘rgazma quyidagi ustalarning mahoratini namoyish etadi:

Abdulvaxid Buxoriy Karimov — kulol (Buxoro, O‘zbekiston)
Akbar Rahimov — kulol (Toshkent, O‘zbekiston)
Alisher Rahimov — kulol (Toshkent, O‘zbekiston)
Davlat Toshev — miniatyurachi (Buxoro, O‘zbekiston)
Hasan Umarov — pichoqsoz (Qo‘qon, O‘zbekiston)
Madina Kasimbaeva — kashtado‘z (Toshkent, O‘zbekiston)
Nodir Rasulov — kashtado‘z (Buxoro, O‘zbekiston)
Odamboy Masharipov — yog‘och o‘ymakori (Xiva, O‘zbekiston)
Sabina Burxonova — gilam to‘quvchi (Buxoro, O‘zbekiston)
Shoxrux Rahimov — kulol (Toshkent, O‘zbekiston)

“O‘zbekistonlik hunarmandlarning “Homo Faber 2024” ko‘rgazmasiga jalb etilishi bizningboy madaniy an’analarimiz jahon miqyosida o‘zining muhim ta’sirini davom ettirayotganidan dalolatdir. Bu ishtirok nafaqat hunarmandlarimizning favqulodda yuksakmahoratini namoyon etadi, balki O‘zbekistonning betakror merosimizni asrab-avaylash va rivojlantirishga bag‘ishlangan nufuzli hunarmandchilik markazi sifatidagi o‘rnini yanadaham mustahkamlaydi”,– Saida Mirziyoyeva, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiningyordamchisi. 

O‘zbekiston ustalarining asarlari turli mavuzlarga oid zallarda namoyish etiladi, bu orqali O‘zbekistonning boy madaniy merosi va rang-barang hunarmandchiligi aks ettiriladi:

  • Tantanalar zali: Buxorolik usta Abdulvohid Buxoriy Karimovning kulolchilik mahsulotlari va qo‘qonlik hunarmand Hasan Umarov ijodiga mansub pichoq bilan bezatilgan bayramona dasturxon.
  • Vorislar zali: Toshkentlik kulol ustalari sulolasi vakillari Akbar, Alisher va Shohruh Rahimovlar tomonidan yaratilgan uchta vaza.
  • Chin manzil hayoti zali: Miniatyurachi rassom va Buxorodagi maktab asoschisi bo‘lgan Davlat Toshevning asari.

“Betakror iste’dod va an’anaviy hunarmandchilikka oid chuqur bilim sohiblari bo‘lmish ustalarimizning Homo Faber kabi nufuzli xalqaro tadbirda namoyish etilganini ko‘rish kattasharaf. Mazkur ko‘rgazma serqirra o‘zbek madaniyatini butun dunyo bilan baham ko‘rishish uchun noyob maydonni taqdim etadi va turli mamlakatlardagi ustalar bilan bebaho tajriba almashish imkoniyatini vujudga keltiradi, bu esa O‘zbekiston hunarmandchiligini yanada rivojlantirishga yordam beradi”,– O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirishjamg‘armasi raisi Gayane Umerova.

Bundan tashqari taniqli Rahimovlar sulolasining vakili va nufuzli Homo Faber stipendiya dasturining bitiruvchisi bo‘lgan Shohruh Rahimov “Totem” nomli asarini taqdim etadi. Ushbu dastur doirasida yaratilgan noyob vaza dasturning barcha bitiruvchilari asarlarini namoyish etuvchi maxsus zalda namoyish etiladi.

“Olti oy davomida Homo Faber Fellowship dasturida ishtirok etishim sharofatim bilan biz yunonistonlik usta Yannis Zois bilan yaqindan hamkorlik qilib, ilgari foydalanmagan ashyolar chinni va oltin bilan tajriba-sinovlar o‘tkazdik. Biz foydalangan uslublar ham avvalmen o‘rganganlarimdan farq qilardi – biz yuqori haroratda toblangan ashyolar bilanishladik. Bu kelgusidagi hamkorlikda amalga oshiriladigan ko‘plab yangi g‘oyalarning yaratilishiga yetakladi. Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar mushtarak mehnatimizning ajoyib natijasini ko‘ra oladilar. Bu men uchun katta sharaf va men yangi uslublarni orttirgan hamda an’anaviy hunarmandchilik bilan ishlashda yangi qarashlarni o‘zlashtirgan holda an’anaviy o‘zbek san’atini rivojlantirishda davom etaman”, deya o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashadi Shohruh Rahimov.

Homo Faber jamg‘armasi biennaledan tashqari NextGen dasturini ham yo‘lga qo‘ygan, buquyidagi ikkita asosiy tashabbusni o‘z ichiga oladi:

  • Stipendiya dasturi: Jaeger-LeCoultre bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan yettioylik kasbga sho‘ng‘ish dasturi bo‘lib, bir juft usta hunarmand va hunarmandchilik maktablari bitiruvchilari uchun ko‘nikmalarni rivojlantirish va keyingi avlodlarga yetkazishga yo‘naltirilgan.
  • Yosh elchilar: Hunarmandchilik va dizayn bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar uchun Homo Faber ko‘rgazmasining markazida bo‘lish, xalqaro tajriba orttirish va kelgusi rivojlanish uchun ilhom olish imkoniyatini beradi.


2024-yilda bo‘lib o‘tadigan Homo Faber tadbirida yosh elchilar vositachi sifatida muhim rolo‘ynaydi. Ular nafaqat keng jamoatchilikni, balki dizayner va hunarmandlarni ham iliq kutibolib, ishtirokchilar o‘rtasida mazmunli muloqot va rishtalarni mustahkamlaydi.

Yosh elchilar dasturi san’atkorlar, dizaynerlar va hunarmandlarning keyingi avlodi uchunqo‘llab-quvvatlovchi va rivojlantiruvchi muhit yaratishni maqsad qilgan, ularga o‘zmahoratlarini rivojlantirish, hamkasblar tarmog‘ini kengaytirish va tajribali mutaxassislardan qimmatli bilimlarga oshno bo‘lishga ko‘maklashadi.

Bu yil O‘zbekistondan ikki yosh elchi – Toshkentdagi Kimyo xalqaro universiteti (KIUT) “Me’morchilik va shaharsozlik” fakultetining o‘z ishiga sodiq 4-kurs talabasi Shohruzaxon Rahmon-Zoda hamda Sankt-Peterburg davlat sanoat texnologiyalari va dizayn universiteti“Interyer dizayni” fakultetining iqtidorli 3-kurs talabasi Darya Savelieva vakil bo‘ladi. Ushbu talabalar O‘zbekistonning mahorat va mehmondo‘stlik qadriyatlarini dunyo miqyosida ham ko‘rishadilar.

Homo Faber Venetsiya 2024 munosabati bilan Madaniyat va san’atni rivojlantirishjamg‘armasi 2024-yil 29-avgustdan 1-sentabrgacha Ca' Foscari universiteti va Versatile binosida o‘zbek ustalari tomonidan faol auditoriya bilan tajriba almashish uchun turkummahorat darslarini tashkil etdi.

"Biz Homo Faber 2024 ko‘rgazmasida O‘zbekistonning bir qator usta hunarmandlarining bebaho ishlarini namoyish etishdan mamnunmiz. "Tug‘ilish" ko‘rgazmasida Nodir Rasulov tomonidan tikilgan "G‘ozlar o‘yini"ning uchta paneli O‘zbekistonning boy madaniy merosidan 30 xil oltin ip bilan kashta tikish texnikasini namoyish etadi. Ko‘rgazmaning boshqa qismida kulolchilik, bezakli pichoqlar va qo‘lda chizilgan miniatyuralar zamonaviy o‘zbek hunarmandchiligining tarixini, an’analari va ilhom manbalarini ochib beradi. Shuningdek, biz ilk Homo Faber Fellowship dasturi doirasida yunon usta Giannis Zois bilan hamkorlik qilgan yosh iste’dod egasi Shoxrux Rahimovning ishini namoyish etishdan faxrlanamiz. Ularning hamkorlik natijasi "Muloqotlar" ko‘rgazmasida taqdim etilgan",— deya ta’kidladi Alberto Cavalli, Mikelanjelo fondining ijodkorlik va hunarmandchilik bo‘yicha ijrochi direktori.


Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ushbu muhim tadbir munosabati bilanbarcha ishtirokchilarni muborakbod etib, ularga bo‘lajak ko‘rgazmada muvaffaqiyatlar tilaydi. O‘zbek hunarmandlari O‘zbekiston madaniy merosining boyligi va betakrorligigaurg‘u bergan holda o‘z asarlarini dunyo sahnasida taqdim etish imkoniyatiga ega ekanlaridan faxrlanamiz.